1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan millionlab farzandlarimiz qalbiga Vatanga muhabbat, ezgulik,mehr-oqibat fazilatlarini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizni muborakbod etamiz.Siz azizlarga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, masʻuliyatli va sharafli ijodiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.Doimo farzandlaringiz, shogirdlaringiz, elu yurtimiz hurmati va ardog‘ida bo‘lish baxti nasib etsin, aziz ustozlar!
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining ustoz sanʻatkorlari