
Semurg
“Semurg‘”
Muallif- Zulfiya, D.Yuldasheva
Rejisser- D.Yuldasheva
Rassom- M.Ro‘zmetova
Bastakor- S.Ergashev
Orzu insonni turli ko‘chalarga yetaklaydi, nomardni mard, qo‘rqoqni botir qiladi, sahroni vodiyga aylantirib, yovuzlik hukmron yerga ezgulik nurini olib kiradi. O‘zbek mumtoz dostoni asosidagi “Semurg‘” spektaklida ana shu orzu-umidlar mujassamlashgan.
Tinch-totuv yashayotgan xalq ustiga odamlar suyagidan tog‘ qurgan yovuz Yalmog‘iz dev bostirib keladi. O‘lkaning musaffo osmonini qora bulutlar bilan qoplaydi, daryolarni quritib, atrofni sahroga aylantiradi, insonlar boshiga kulfatlar yog‘diradi. Endi xalqqa kim yordam berar ekan? Yovuz devni kim yenga olar ekan?
Albatta, inson orzusi – SEMURG‘! U jasur Bunyodni yovga qarshi kurashga chorlaydi, unga madad berib, mushkul vazifani uddalash uchun yo‘l ko‘rsatadi. Ammo Bunyodni oldinda katta sinovlar kutadi. Ana shu sinovlarni yengib o‘tgach, u o‘z orzusiga yetadi. O‘lkasi yana yashnab, xalqi tinchlikka erishadi.
Maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
Ishtirok etuvchilar:
Bunyod------------------O.Abduboev
Semurg‘----------------D.Shermatova
Parizod-------------- D.Xasanova
Vazir----------------- O.Ibodov
Dev,Xon ------------ O.Atabaev
Yordamchilar ----------N.Saydalieva,U.Bo‘riev,A.Axadov.